DXX soxta pasport bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan guruhni ushladi

Jamiyat

image

Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida soxta pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan bir guruh shaxslar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari Matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda shubhali shaxslar taqdim etgan Indoneziya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ular tegishli organ vakillari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Avvalroq, asli eronliklar Toshkent xalqaro aeroportida o‘zini italiyalik qilib ko‘rsatib, O‘zbekistonga kirishga uringani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

DXX aeroport

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing