DXX Madaniyat vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi kompaniyalari mlnlarni “tuya qilgani”ni aniqladi
3-sahifa
−
23 iyun 2022
22274Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Shayx Umar Vali Bog‘istoniy” ziyoratgohi va Qibray tumanidagi “Qilichli ota” ziyoratgohini ta’mirlash-tiklash ishlarida millionlab pullar talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriluvchi ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi hamda “Antiqa va sifatli qurilish” xususiy korxonasi o‘rtasida 2020-2021 yillarda Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Shayx Umar Vali Bog‘istoniy” ziyoratgohini ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha 1,7 mlrd so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan.
Lekin, buyurtmachi xizmati davlat muassasasi va XK mansabdor shaxslari ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 402,7 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209- (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Qilichli ota” ziyoratgohida qayta ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi va “TOSHMELIOQURILISH” MCHJ o‘rtasida shartnoma tuzilib, 309 mln 107 ming so‘m byudjet mablag‘i ajratilgan.
Biroq “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi va “TOSHMELIOQURILISH” MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, haqiqatda bajarilmagan ish hajmlarini qo‘shib yozish orqali 263 mln 286 ming so‘mlik byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi va “TOSHMELIOQURILISH” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228- (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi