DXX “Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosarini qo‘lga oldi (video)
3-sahifa
−
12 noyabr 2023
27184Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Bek Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJ direktori o‘rinbosari Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosari firibgarlik yo‘li bilan bozor balansidagi yangi tipda qurilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konini sotmoqchi bo‘lgan.
Biroq DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uning rejasi barbod bo‘lgan.
Aniqlanishicha, u o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga savdo do‘konini noqonuniy yo‘l bilan olib berish evaziga 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.