DXX 244,5 mln so‘mlik noqonuniy dorilarni ushladi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Chortoq tumani chegara oldi hududida Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda umumiy qiymati 160 500 000 so‘mlik sifati kafolatlanmagan 15 turdagi dori-darmon vositalarining olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.

Qo‘lga olingan dori-darmon vositalari belgilangan tartibda tegishli idora vakillariga ma’muriy topshirildi.

Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat tumani Do‘stlik aholi punkti chegara oldi hududida o‘z xizmat burchini olib borayotgan chegarachilar tomonidan Davlat chegarasidan noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan umumiy qiymati 84 000 000 so‘mga teng bo‘lgan 1200 dona tibbiyot vositalari qo‘lga olindi. 

Qo‘lga olingan qonunbuzarlar va ularning yuklari belgilangan tartibda tegishli idoralarga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX dori

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing