DXX 22 yoshli qizni Ummonga fohishalik uchun olib ketayotgan shaxslarni qo‘lga oldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentda ikki fuqaro xorazmlik 22 yoshli qizni Ummon davlatiga fohishalik uchun olib ketayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro shahrida yashovchi, 1983 y.t. J.R. va Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. Q.D. aldov yo‘li bilan 1999 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan S.M.ning ishonchiga kirib, uni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida “Toshkent-Sharja”, “Sharja-Maskat” yo‘nalishi bo‘yicha Ummon davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtlarida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, J.R. Ummon davlatidan S.M.ga viza rasmiylashtirib, aviachipta xarid qilgan.

Ta’kidlash lozimki, J.R. muqaddam BAA va Ummon Sultonligiga qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborganlikda ayblanib, Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan bir necha marotaba sudlangan.

Hozirda J.R. va Q.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

1860

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing