DXX $200 mingni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxsni ushladi
3-sahifa
−
15 Oktabr 2022
6903Namangan viloyatida 200 ming AQSH dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldi olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tadbirda “Namangan-Nanay” yo‘nalishi bo‘ylab Yangiqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotgan, 1991 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatilgan.
Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 200 ming AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan qirg‘izistonlik notanish shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutani noqonuniy ravishda Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi