“Dizayn”chilarning O‘zbekistondan chiqishi taqiqlandi. Nega?

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” jamoasiga nisbatan sud qarori ijrosi ta’minlanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Majburiy ijro byurosi ushbu xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 07.05.2021 yildagi da’vogar S.S.ning javobgarlar (Dizayn jamoasi vakillari) D.M., Q.K., A.M. va S.F.ga nisbatan pul mablag‘larini va foiz summasini undirish haqidagi da’vo arizasiga asosan da’vogar S.S.ning foydasiga solidar tartibda 315 815 400 so‘m pul mablag‘lari, 7 389 215 so‘m foiz summasi, 12 928 184 so‘m davlat boji, jami 336 132 799 so‘m undirish bo‘yicha ijro varaqasi joriy yilning 16-17 dekabr kunlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga hududiy tuman bo‘limlariga yuborilgan.

Aniqlanishicha, qarzdor S.F.ning yashash manzili Yunusobod tumanida bo‘lganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atish hamda Qonunning 42-1-moddasiga asosan javobgarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan.

Xususan, qarzdor S.F.ning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 21, 87-moddasiga asosan tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, uning hech qayerda ishlamayotganligi aniqlanib, nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun barcha taqiqlar qo‘yilgan.

Shuningdek, bo‘limi tomonidan kecha, 22 dekabr kuni ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini to‘liq ta’minlanishi uchun qarzdor S.F.ning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilinib, Toshkent shahar IIB YHXB boshlig‘iga harakatda bo‘lgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylashtirish bo‘yicha qarori qabul qilingan.

Qarzdor M.A.ning ham yashash manzili Yunusobod tumanida bo‘lganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atish hamda Qonunning 42-1-moddasiga asosan javobgarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan.

Xususan, qarzdor M.A.ning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, Qonunning 21, 87-moddasiga asosan tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, javobgarning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun barcha taqiqlar qo‘yilgan.

Shuningdek, bo‘limi tomonidan 22 dekabr kuni ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini to‘liq ta’minlanishi uchun qarzdor M.A.ning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilinib, Toshkent shahar IIB YHXB boshlig‘iga harakatda bo‘lgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylashtirish bo‘yicha qarori qabul qilingan.

Qarzdor Q.K.ning yashash manzili Chilonzor tumanida bo‘lganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Chilonzor tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining joriy yilning 20 avgustidagi xatiga asosan ijro harakatlari to‘xtatilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining joriy yilning 11 noyabridagi ijro harakatlarini davom ettirish to‘g‘risidagi xati bo‘lim ish yurituviga 19 noyabr kuni kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegishli 2 ta avtotrasnport vositasiga va 1 ta ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan.

Qarzdor D.M.ning yashash manzili Chilonzor tumanida bo‘lganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Chilonzor tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining joriy yilning 20 avgustidagi xatiga asosan ijro harakatlari to‘xtatilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 11.11.2021 yildagi ijro harakatlarini davom ettirish to‘g‘risidagi xati bo‘lim ish yurituviga 19.11.2021 yil kuni kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegishli 1 ta avtotransport vositasiga taqiq qo‘yilgan.

Hozirda ijro harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Dizayn

Baholaganlar

1517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar