Diyora Usmonova yana bola asrab oldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani, o‘zbekistonlik taniqli xonim Diyora Usmonova ikkinchi marotaba bolalar uyidan farzand asrab oldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Oyim menga aytadilar: “Nima uchun ko‘chada senga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar bor bo‘lgan bir paytda to‘xtovsiz farzand dunyoga keltirish kerak?”. Men ko‘p yillardan buyon onaman. Qizim Oysha bilan bolalar uyidagi konsertga borgan vaqtimda esa Varvara bilan uchrashdim. U 16 yoshda edi va o‘zbekcha qo‘shiqqa juda chiroyli raqsga tushdi. Endi uning ismi Osiyo. Bu ismni unga Ikrom qo‘ydi. Bu chiroyli ism to‘g‘rimi? Ba’zida bolalar ota-onalarining xatolari sabab yolg‘iz qolishadi, hatto, badavlat insonlar ham bundan himoyalanmagan. Qachonki, Osiyo ruxsat bersa hammasini aytib beraman”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning dekabr oyida ham Diyora Usmonova mehribonlik uyidan Oysha ismli qiz farzandni asrab olgan edi.

Diyora Usmonova 2016 yilda MDHda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan. Ularning Ikromjon ismli o‘g‘li bor. Diyora Usmonovaning birinchi turmushidan Maryam ismli qizi bor.

Instagram'da ushbu xabarga “yoqdi” tugmasini bosganlar orasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova, Milliy Olipmiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev (Salimboyvachcha)ning qizi Nilufar Abduvaliyeva, o‘zbek shou-biznesi yulduzlari Munisa Rizayeva va Muqaddas Sa’dullayevalar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3862

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing