Diyora Keldiyorova Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
20 may 2024 6387 1 daqiqa
Kecha, 19 may kuni o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova BAA mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Keldiyorova chempionlik bahsida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashib, imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija orqali Keldiyorova jahon va Olimpiada reytingi uchun 1400 ochkoga ega bo‘ldi.
Turnir davomida O‘zbekiston vakili Ana Viktoriya Puliz (Xorvatiya), Sofiya Fiora (Argentina), Binta Ndiaye (Shveysariya) hamda Hibiki Shiraishi (Yaponiya)ni mag‘lub etishni uddaladi.
Hozirda Keldiyoravaning kumush medali umumjamoa hisobida O‘zbekistonning 4-o‘rinni egallashiga zamin yaratgan. Turnirda 1 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqqan Italiya hozircha 1-o‘rinni band etgan. Kuchli uchlikdan Mo‘g‘uliston va Gruziya jamoalari o‘rin olgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025