Diyora Keldiyorova “Katta Dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘ldi
Sport
−
17 fevral 2024 5308 1 daqiqa
Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g‘alaba qozondi.
-48 kg vaznda Halimajon Qurbonova bronza medali uchun ispaniyalik Mireya Kamosga qarshi bahs olib borib, zafar quchdi.
Erkaklar o‘rtasida -60 kg vaznda ishtirok etgan Doston Ro‘ziyev 3-o‘rin uchun kechgan bahsda gruziyalik Timur Nozadzeni mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan Keldiyorova Parij-2024 Olimpiadasi uchun 1000 reyting ochkosi, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Doston Ro‘ziyev va Halimajon Qurbonova 500 reyting ochkosiga ega chiqdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025