Divalidan so‘ng Hindiston poytaxtini zaharli tutun qopladi

Olam

image

Kecha, 13 noyabr kuni Hindiston poytaxtini qalin, zaharli tutun qopladi. Ikki haftadan beri Nyu-Dehlidagi havo ifloslanish darajasi “juda yuqori” deb baholanmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

12 noyabr kuni bu yerda hinduizmdagi asosiy va eng mashhur bayramlardan biri bo‘lgan Divali nishonlanganidan keyin vaziyat ancha yomonlashgan.

An’anaga ko‘ra, aholi minglab sham va lampalar yoqqan. Tun bo‘yi pirotexnika va petardalar ovozi yangragan. Oqibatda ertalab shahar osmonini qalin tutun buluti qoplagan.

Aytilishicha, havodagi mayda ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan me’yordan yigirma baravar yuqori. Fuqarolar himoya niqoblarini kiyishga majbur, ular yo‘tal va ko‘z achishishidan shikoyat qilmoqda.

Rasmiylar maktablarni yopish va yo‘l harakati cheklanishini buyurgan. Ifloslanishga qarshi kurashish uchun maxsus tutunga qarshi qurollar qo‘llanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston N'yu-Dehli Divali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing