Direktorlarni ta’mirlash ishlariga majburlagan mulozim 44 mln so‘m jarimaga tortildi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga chaqirtirilgansh haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, direktorlar majburan ta’mirlash ishlariga jalb qilingan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ch.Jumayev tomonidan maktab direktorlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan ta’mirlash ishlariga majburiy ravishda jalb qilish holati o‘z tasdig‘ini topgan.

Mazkur holat bo‘yicha Ch.Jumayevning harakatlari Mehnat kodeksining 5-moddasi talablariga zid deb topilgan. Shunga ko‘ra, Ch. Jumayevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismi asosida bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagoglarini xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilgan mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing