Yelizaveta II ning o‘g‘li koronavirusga chalindi
Olam
−
25 mart 2020
9037Bugun, 25 mart kuni Buyuk Britaniya qirolligi taxt vorisi shahzoda Charlzda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
“Shahzoda Charlzning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi. Unda yengil alomatlar kuzatildi, Boshqa tomondan u sog‘lom va so‘nggi kunlarda odatdagidek uydan ishlayotgandi”, deyiladi qirollik saroyi axborotida.
Shahzodaning turmush o‘rtog‘i gersoginya Kornuolla ham koronavirusga test topshirgan, natija salbiy bo‘lgan. Hukumat va shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, shahzoda va gersoginya Shotlandiyadagi uyida izolyatsiya qilingan.
Qayd etilishicha, shahzodaning omma oldidagi vazifalari ko‘pligidan u virusni qayerda yuqtirib olganini aniqlashning imkoni yo‘q.
Ma’lumot uchun, 71 yoshli Uels shahzodasi Charlz Filipp Artur Jorj Qirolicha Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li va Birlashgan Qirollikning taxt vorisi hisoblanadi.
LiveBarchasi