Diniy tashkilotlar faoliyati faqatgina sud orqali to‘xtatiladi — Qonun
Jamiyat
−
06 iyul 2021
2521O‘zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati faqatgina sud orqali to‘xtatiladi. Bu haqda parlament tomonidan ishlab chiqilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun yangi tahririda so‘z boradi. Hujjat Prezident tomonidan imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga Qonun sharhini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari Qonun bilan belgilanib, unda ko‘rsatilmagan asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlandi.
Shu bilan birga, diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va tugatish faqatgina sud orqali bo‘lishi, ro‘yxatdan o‘tkazadigan va boshqa davlat organlari bunga haqli emasligi, mansabdor shaxslarning muayyan diniy tashkilot qonuniy manfaatlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilinganda diniy tashkilot davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi kabi qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutildi.
LiveBarchasi