Diniy ta’lim maskanidan tashqarida diniy ta’lim berish taqiqlanadi — Qonun

Jamiyat

image

O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash har doim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Shu bois, parlament tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi va qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga Qonun sharhini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, diniy ta’limning professional maqomi rasman e’tirof etildi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, dunyoviy ta’lim olish huquqi ta’minlanishi qayd etildi.

“Har qanday shaxsning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi — noan’anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib keladi. Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘ladi”, deyiladi sharhda.

Shu maqsadda, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing