Diniy qo‘mita o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari uchun muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistonida belgilangan karantin talablariga ko‘ra, Masjidi Nabaviy ziyorati va Umra tadbirini amalga oshirish “Tawakkalna” va “Eatmarna” mobil dasturlari orqali amalga oshirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ziyoratga ketayotgan fuqarolar safardan oldin ushbu ilovalarni o‘z telefonlariga yuklab olishi kerak:

Andriod dasturi uchun:

·        Tawakkalna
·        Eatmarna

IOS dasturi uchun:

·        Tawakkalna
·        Eatmarna

“Umra qilish mobil dasturi” ziyoratchiga 1 martagina umra amalini bajarishga va faqat 5 mahal namozga chiqishiga ruxsat berishi mumkin. Qayta umra qilish uchun “Tawakkalna” va “Eatmarna” orqali so‘rovnoma beriladi. Tizim ruxsat bergan muddatda “Oisha ona” – Tan’iym masjididan ehromga kirib keyin yana umra amalini ado etish mumkin.

Shuningdek, Umra safari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xodimlari tomonidan rasmiy sahifalar orqali onlayn yoritib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik birinchi guruh ziyoratchilar shu yilning 22 yanvar kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

435

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made