Dilshod Saidjonov AOKAning yangi direktori etib tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘z lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edik. 

Bugunning o‘zida AOKAda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Saidjanov Dilshod Madraximovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Dilshod Saidjonov bugungacha tashkilot direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Dilshod Saidjonov – 1982 yil 19 mart kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.

Mutaxassisligi bo‘yicha – xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, Tizimlashtirilgan tahlil va prognozlashtirish.

Dilshod Saidjonov mehnat faoliyatini “Konditsioner” qo‘shma korxonasida kotib-referent, tarjimonlikdan boshlagan.

 2005-2008 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo institutining direktor yordamchisi, axborot tahlil bo‘limida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim;

2008-2009 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining tashqi xavfsizlik masalalari bo‘yicha Guruhning amaliyotchisi;

2009-2014 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining g‘oyaviy himoya masalalari bo‘yicha Guruhning yetakchi konsultanti;

2014-2017 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining axborot-g‘oya sohasida tahdid va chaqiriqlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha Guruhning yetakchi inspektori;

2017-2018 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Mediamarkaz yetakchi mutaxassisi;

2018-2019 yillarda – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida yetakchi mutaxassis;

2019 yil fevral – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i;

2019 yil oktyabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Komiljon Allamjonov Saida Mirziyoeva Dilshod Saidjonov

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing