“Dili me” tergovdan qochib yurgan – IIBB

3-sahifa

image

Avvalroq “Dili me” taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod O‘rozboyev (Nazarov)ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan taniqli bloger Dilshod O‘rozboyev (Nazarov) joriy yilning 23 yanvar kuni fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bloger o‘zining kuyovi (singlisining turmush o‘rtog‘i)ni kaltaklagan. Bunga kuyov P.A. blogerning singlisini urgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Qayd etilishicha, O‘rozboyev (Nazarov)ning kuyovi u bilan tengdosh.

Hozircha P.A. blogerning singlisini kaltaklagani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Ma’lumot uchun, “Dili me” taxallusi bilan tanilgan Dilshod O‘rozboyev (Nazarov) 1999 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U Instagram'da 3,2 million obunachiga ega. U blogerlikdan tashqari aktyorlik bilan ham shug‘ullanadi. Shuningdek, Dilshod o‘zining shaxsiy restoran biznesini ham yo‘lga qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat ishi Dili me

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing