Diqqat: Turkiyaga boruvchilar uchun yangi talab qo‘yilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 15 martidan boshlab Turkiyaga tashrif buyuruvchi chet elliklar, shu jumladan mamlakat fuqarolari, kelishidan 72 soat oldin o‘zlarining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma-anketani to‘ldirishi shart bo‘ladi. Ushbu anketa to‘ldirilmasa, ularning samolyotga chiqishi taqiqlanadi.

O‘sha vaqtga qadar yo‘lovchilar samolyot bortida berilgan qog‘oz so‘rovnomalarni to‘ldiradi. 

"2021 yil 15 martdan boshlab Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Turkiyaga olib boradigan barcha reyslarda (tranzit reyslardan tashqari) qog‘ozli COVID so‘rovnomasini to‘ldirish talabini olib tashlaydi. Buning o‘rniga barcha mamlakatlar fuqarolari (shu jumladan Turkiya) uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: 

yo‘lovchilar bu https://register.health.gov.tr/ veb-sayt orqali Turkiyaga kelishidan 72 soat oldin anketa to‘ldirishi kerak; 

yo‘lovchilar to‘ldirilgan arizani bosib chiqarishi yoki uni qurilmaga (smartfon, planshet va boshqalar) yuklab olishi kerak; 

yo‘lovchilar aeroportda aviakompaniya xodimiga anketaning chop etilgan yoki qurilmaga yuklab olingan shaklini taqdim etishi shart. Anketasiz samolyotga chiqish taqiqlanadi", deyilgan xabarda. 

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ham ushbu vaziyatdan o‘zbekistonliklarni ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya anketa

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing