Diqqat! Turkiyada lokdaun kuchaytiriladi

Olam

image

Turkiya Hukumati joriy yilning 7 mayidan boshlab COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar bergan. 

Vazirlik buyrug‘iga binoan do‘konlarda (shu jumladan tarmoq va supermarketlarda) muhim mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilmagan har qanday tovarlarni sotish taqiqlanadi. 

Turkiya avval spirtli ichimliklar savdosini taqiqlagan bo‘lsa, endi unga qo‘shimcha ravishda elektronika buyumlari, o‘yinchoqlar, ish yuritish materiallari, kiyim-kechak va aksessuarlar, to‘qimachilik buyumlari, avtomobil aksessuarlari, bog‘ buyumlari, asbob-uskuna va shisha mahsulotlarini sotishga ham cheklov o‘rnatdi. 

Shu bilan birga, 7 maydan boshlab do‘konlarda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar va tozalovchi buyumlardan tashqari uy hayvonlari uchun oziq-ovqat va kosmetika vositalarini (parfyumeriya va pardoz aksessuarlari bundan mustasno) sotib olish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada joriy yilning 29 aprelidan 17 mayiga qadar to‘liq lokdaun o‘rnatilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya lokdaun

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing