Diqqat “omikron”ning yangi mutatsiyasi keng tarqalyapti! O‘zbekiston SSV ogohlantirmoqda

Salomatlik

image

Hozir dunyoda “omikron”ning BA.4 va BA.5 versiyalari yetakchilik qilmoqda. Bugungi kunda Yevropada ushbu virusning BQ1.1 subvarianti keng tarqalmoqda. Mutaxassislar unga “serber” deb nom berishgan. Mazkur mutatsiya o‘ta yuqumli va immunitetga oson “chap berish” xususiyatiga ega. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyatni xalqaro ekspertlar ikki oy avval prognoz qilgan. O‘shanda noyabrdan boshlab yangi mutatsiyalar Yevropada dominantga aylanishi aytilgan. 

Ma’lum qilinishicha, “serber” deb nomlangan yangi mutatsiya bir hafta ichida ikki baravar ko‘paya olishi laborator tekshiruvlar davomida tasdiqlangan. Qolaversa, avvalgi shtammlarga nisbatan inson hujayralari bilan yaxshiroq aloqaga kirisha oladi. Shu bois ushbu variantni yuqtirganlar orasida shifoxonaga yotqizilish holatlari sezilarli darajada ortgan.

Ayni paytda BQ1.1 Daniya, Fransiya, Belgiya, Irlandiya, Niderlandiya va Italiyada shiddat bilan tarqalyapti. Xususan, Daniyada ushbu yangi subvariant uch oy ichida 0,5 foizdan 40 foizgacha ko‘paydi. Kelgusi haftalarda u mamlakat bo‘ylab dominantga aylanishi kutilyapti. 

Shuningdek, AQSHda ham mazkur “kichik shtamm” ulushi 40 foizga yaqinlashgan. Vaholanki, ikki oy avval bu ko‘rsatkich atigi 2 foizni tashkil etayotgan edi. Prognozlarga ko‘ra, profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmasa, ushbu yangi mutatsiya yaqin kelajakda dunyo bo‘yicha dominant versiyaga aylanishi mumkin. 

“Shu bois, mutaxassislar, 60 yoshdan oshgan, yondosh kasalliklarga chalingan  va immuniteti zaif kishilar, qolaversa, homilador ayollar birinchi navbatda buster doza bilan emlanishi zarurligini ta’kidlamoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“omikron” “tserber”

Baholaganlar

677

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar