Diqqat markazida Lukashenko. Qirg‘iziston Belarusdan izoh talab qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko va qidiruvdagi Qirg‘iziston sobiq Bosh vaziri Doniyor Usenovning omma oldida birgalikda ko‘rinish berganiga rasmiy Minskdan izoh talab qilyapti. Bu haqda "kaktus.media" xabar berdi.

Kecha, 11 avgust kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligiga Belarusning Bishkekdagi elchixonasi vakili chaqirilgan.

“Uchrashuv vaqtida qirg‘iz tomoni 10 avgustda Belarusdagi davlat tadbirida xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Qirg‘iziston sud idoralari tomonidan sudlangan Doniyor Usenovning paydo bo‘lishi bo‘yicha tushuntirish talab qildi. Bunday harakatlar Qirg‘iziston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni qurishga putur yetkazishi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Qirg‘iziston TIV tegishli notani topshirib, belarus tomonidan Usenov va boshqa aloqador shaxslarni zudlik bilan qo‘lga olish va ekstraditsiya qilish choralarini ko‘rishni so‘ragan.

Belarus OAV ma’lumotiga ko‘ra, 10 avgust kuni Aleksandr Lukashenko tadbirkor Daniil Uritskiy rahbarlik qiladigan “Belarus milliy biotexnologiya korporatsiyasi” korxonasiga borgan.

Qirg‘iziston tomoni Uritskiy bu 2010 yildagi aprel inqilobidan keyin mamlakatni tark etgan sobiq Bosh vazir Doniyor Usenov deya taxmin qilinadi. U Vatanida sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Uritskiy va Usenov o‘rtasidagi yaqqol o‘xshashlik borligiga qaramay, Uritskiy Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri ekanining aniq isboti yo‘q. Uning o‘zi esa 2018 yilda Belarus OAVga bergan intervyusida buni rad etgan.

Ma’lumot uchun. Belarusda 9 avgustda o‘tkazilgan saylov natijalaridan norozi odamlarning namoyishlari davom etayotganiga qaramay, lavozimiga qayta saylangan Aleksandr Lukashenko Turkiyaga safar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston-Belarus'

Baholaganlar

830

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar