Diqqat! Xorijdan o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun muhim xabar

Jamiyat

image
image
Vazirlik qaysi xorijiy OTM talabalari o‘qishini imtihonsiz ko‘chirishi mumkinligini e’lon qildi north_east

Vazirlik qaysi xorijiy OTM talabalari o‘qishini imtihonsiz ko‘chirishi mumkinligini e’lon qildi

Avvalroq, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinov (onlayn test) joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

Talabalar va ularning ota-onalari hozirgi pandemiya sharoitida, karantin cheklovlari sababli belgilangan muddatlarda maxsus (onlayn test) sinovlarda ishtirok etish uchun xorijdan yetib kela olmasligi to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilishni boshladi.

Vazirlik shularni inobatga olib, O‘zbekistonga yetib kelolmagani sababli maxsus sinovda qatnasha olmaganlar uchun alohida kunda onlayn test o‘tkazilishini ma’lum qildi.

“Belgilangan muddatlarda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ammo xorijiy davlatlardan yetib kela olmaganligi sababli joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan maxsus (onlayn test) sinovlarda ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida maxsus (onlayn test) sinovlari o‘tkaziladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘qishini ko‘chirayotgan shaxslarni talabalikka qabul qilish uchun istisno tariqasida yangi tartib o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing