Diqqat, abituriyentlar! Ruxsatnomalar qachondan berilishi e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 2021-2022 o‘quv yili kirish imtihonlari uchun abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1 avgustdan boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021 yil 1 avgust sanasidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga joriy yilning 5 avgustidan start beriladi. Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilgi test sinovlarida savollar soni kamaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

410

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing