Diqqat! 26 yoshli qiz qidirilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi  26 yoshli qiz joriy yilning 6 avgust kuni uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. 

Tumanning “Shifokor” mahallasi, 8-uy, 59-xonadonda yashagan 26 yoshli Iskandarova Mehribonu To‘xtasin qizi 6 avgust kuni taxminan soat 8:30 da uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. 

Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, u Chilonzor tumani “S” mavzesidagi kosmetologiya salonida bo‘lgan. Qiz soat 10:30da salondan chiqib, yo‘l tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan.

Belgilari: bo‘yi 160 sm, ko‘zi qora, sochi uzun va to‘q jigarrang. Egnidagi kiyimi: havorang ko‘ylak va jinsi shim, qaymoq rangli mokasima.

Toshkent shahar IIBB yo‘qolgan qizni izlashda yordam berishni va ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali berishni so‘ragan: 71-278-58-40 (Chilonzor tuman IIO FMB), 71-230-50-85 (Olmazor tumani OII FMB), +998-90-973-64-68 (qizning yaqinlari), 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

2283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing