Diqqat! 16 yoshli qiz qidirilyapti

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, “Bog‘ishamol” mahallasi 58-uy, 3-xonadonda yashovchi 16 yoshli (04.12.2003 tug‘ilgan) Fotima Hamroqulova Ali qizi qidirilmoqda. U joriy yilning 17 mart kuni soat 19:20 da yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Fotima Hamroqulova Guliston shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 8-sonli umumta’lim maktabining 10-A sinf o‘quvchisi. Muqaddam sudlanmagan.

Fotimaning belgilari: bo‘yi taxminan 155-160 sm, gavdasi to‘ladan kelgan, yuzi yumaloq, sochi va qoshi qalin, qora rangda. Qulog‘i va burni o‘rtacha kattalikda, ko‘zlari qora.

Egnida jigar rang ko‘ylak, ko‘ylak ustidan oq rangli sport kiyimi, qora rangli gamaj, oyog‘ida kul rangli sport poyafzali bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv Sirdaryo

Baholaganlar

623

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing