Diqqat, haydovchilar! Toshkentda yana 11 ta radar o‘rnatildi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2023 8739 2 daqiqa
Bugun, 4 sentyabr kuni Toshkent viloyatining 11 ta manzilida yangi radarlar faoliyat boshladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Keltirilishicha, viloyatda harakat xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda mobil radarlar o‘rnatilgan:
• Yuqorichirchiq tumani "Toshto‘g‘izoq" aholi yashash joyi;
• Yuqorichirchiq tumani "Istiqlol" aholi yashash joyi;
• Yuqorichirchiq tumani "Sergeli" aholi yashash joyi;
• Yuqorichirchiq tumani "Jauvqoshti" aholi yashash joyi;
• Ohangaron tumani "Qairma" aholi yashash joyi;
• Ohangaron tumani "Uvak" aholi yashash joyi;
• Ohangaron tumani "Oybuloq" aholi yashash joyi;
• Yangiyo‘l tumani "Mirzo Ulug‘bek" aholi yashash joyi;
• Yangiyo‘l tumani "Junariq" aholi yashash joyi;
• Bo‘ka tumani Bo‘ka shahri;
• Angren shahri.
Ushbu hududlarda cheklangan tezlik miqdori 70 km/soat qilib belgilangan. Faqatgina Bo‘ka va Angren tumanlarida ushbu miqdor 60 km/soat bilan cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga qadar chorrahalarda noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalar sabab haydovchilar qoida buzishga majbur bo‘layotgandi. Bu esa tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilgan kameralarda suratga olinib, ularning jarimaga tortilishiga olib kelardi. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov shu munosabat bilan IIVni bunday tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bir qator choralarni ko‘rishga chaqirgandi.
Live
Barchasi