Dezinfeksion tunnellar o‘rniga nima o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asoslanib mamlakatda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanayotgani haqida xabar bergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, dezinfeksiya tunnellari o‘rniga teri uchun qulay antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, endilikda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan ta’minlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.

“Bunda: ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmassida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va  tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, sanitayzer-dispanser qurilmalari barcha metro stansiyalariga kirish oldida o‘rnatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dezinfektsion tunnel sanitayzer-dispanser

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar