Deshamdan keyin Fransiya termasiga kim ustozlik qilishi deyarli aniq bo‘ldi
Sport
−
18 fevral 3814 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Dide Desham ketganidan keyin Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Zidan allaqachon Fransiya futbol federatsiyasi bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Zidan bilan tuzilajak shartnomada mutaxassis bilan hamkorlik qancha muddatga davom etishi ko‘rsatilmagan bo‘ladi. Demak, Zinedin qancha vaqt istasa, terma jamoa boshqaruvida qolishi mumkin. Bu Zidan 2021 yilning yozida “Real”dan ketganidan beri kutayotgan taklif. Bundan tashqari, u Madridda yashashni davom ettira oladi, u yerda murabbiy asosiy e’tiborini bolalar faoliyatiga va o‘zining “Zidane Five club” sport maktabiga qaratadi.

Murabbiy sifatida Zidan ketma-ket uch marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va ikki marta La Liga, Ispaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, 56 yoshli Desham JCH-2026'dan keyin terma jamoani tark etishini tasdiqladi. Desham boshchiligida Fransiya terma jamoasi 2018 yilgi mundialda g‘olib bo‘ldi, 2022 yilgi JCHda esa fransuzlar finalga qadar yetib borib, penaltilar seriyasida Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan kifoyalangandi.
Live
Barchasi