Deputatlar dardi. Parlamentdan “surish” sababi

Intervyu

Joriy hafta O‘zbekiston parlamentida kuchli silkinish bo‘ldi. Oloiy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputati, jamoat himoyachisi, ekofaol Rasul Kusherboyev deputatlikdan ketishini e’lon qildi. Biroq bu vaziyatga Oliy Majlis ham, Senat yoki boshqa partiyalar, hatto, Kusherboyev a’zo O‘zLiDeP ham munosabat bildirmadi.

Kusherboyevga ko‘ra, uning ketishiga bir qancha sabablar bor. Ulardan oxirgisi 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda, 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun muhokamasida unga majlisga raislik qiluvchi spiker o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov so‘z bermagani bo‘lgan. Kusherboyev bir necha bor so‘z olishga harakat qilsa ham Inoyatov uni “ignor” qilgan. 

Yuqorida aytganimizdek, hamma chuqur sukutda. Shuningdek, parlamentning Odob-axloq komissiyasi deputatning ishdan ketish sababini – majlisda spiker o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatovning unga so‘z bermaganiga oid o‘rganish ishlarini olib borayotgani yoki yo‘qligi haqida hech qanday izoh bermadi.

Kusherboyevning ketishi ortidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov ham ketmoqchiligini e’lon qildi. U deputatlarga doimiy bosim bo‘lishi, ularning fikrlari inobatga olinmasligi, eshitilmasligidan noligan.

Bundan bir muddat avval Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi a’zosi bo‘lgan Obidjon Latipov ham bu maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi. Biroq, uning ketganini birov sezib, birov sezmadi. Aslida uning ham o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Aytaman desa, bosimlar ham qo‘sh-qo‘sha. 

QALAMPIR.UZ deputatlarning dardini bilish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sobiq deputati, sobiq bloger Obidjon Latipov bilan suhbatlashdi va uning Rasul Kusherboyevning ketishi masalasida fikrini o‘rgandi. Qolaversa, u O‘zbekiston Parlamentidagi biz bilmagan “o‘yinlar”, qonundagi kamchiliklar, “Nomi ulug‘ – suprasi quruq” bo‘lgan deputatlarning huquqlari va ularga to‘sqinlik qiluvchilar haqidagi mulohazalari bilan ham bo‘lishdi.

Obidjon Latipov bilan videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made