Deputatlar Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yubordi

Jamiyat

image

Bugun, 23 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, tibbiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Majlisda dolzarbligi biln diqqatga molik bir masala ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan mamlakat hududlariga chiqilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvolini o‘rganish ishlari davomida ko‘pgina joylardagi umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat yetarli tashkil qilinmagani, chunonchi, vrach pediatr va maktab hamshirasi shtati juda kam miqdorda ajratilgani, natijada ko‘pgina maktablarda tibbiyot xonasi faoliyat yuritmayotgani aniqlangan.

Qayd etish joizki, ta’lim muassasalarida tibbiy xodim faoliyatining samarali tashkil qilinishi voyaga yetmaganlar o‘rtasida kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika qilishda o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Majlisda deputatlar muammoning ko‘lami hamda dolzarbligini inobatga olgan holda, ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi parlament so‘rovini yuborishga qaror qildi.

Majlisda deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov Parlament so'rovi

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing