Deputat va senatorlarning davlat organlariga yuboradigan so‘rovlari Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi

Jamiyat

image

Bundan buyon deputat va senatorlarning Vazirlar Maxkamasi, davlat organlariga yuboradigan so‘rovlari tizimli ravishda Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, so‘rovda qo‘yilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish ustuvor masala sifatida ko‘rilar ekan. Yaqinda Bosh vazir ishtirokida xuddi shunday muhokama tashkil etilib, deputat va senator so‘rovlariga yetarli darajada e’tibor qilmagan mansabdorlarga choralar ko‘rilgan.

“Shuningdek, Vazirlar Maxkamasi, vazirlik va idoralarda deputat va senator so‘rovlarini alohida ro‘yxatga olish va yuritish tizimi yo‘lga qo‘yilibdi hamda so‘rovlarga javob birinchi rahbar tomonidan imzolanishi belgilanibdi. Bu haqida palataning bugungi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Mana buni hukumat tomonidan xalq vakillarining so‘roviga e’tibor masalasidagi yaxshi progress, desa bo‘ladi. Bunday yondoshuv ayrim huquqni muxofaza qiluvchi organlar uchun ham namuna bo‘lsa ajabmas, degan umid uyg‘onayapti negadir. Tag‘in bilmadim...”, deydi Rasul Kusherbayev.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis

Baholaganlar

13

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing