Deputat Turkiya bayrog‘ini yirtib tashladi. Unga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Olam
−
31 yanvar 2020
10480Gretsiya davlat arbobi, deputat Ioannis Lagos Yevroparlamentdagi nutqida Turkiya bayrog‘ini yirtib tashladi. Bu haqda Turkiya mahalliy nashrlari bong urmoqda.
Deputat Yevropa parlamentidagi nutqida doimiy ravishda Gretsiya orollaridagi muhojirlarning holati tanqid qilinishini, ammo hech kim muhojirlar tomonidan Gretsiya fuqarolarining huquqlari qanday buzilayotganini so‘ramasligini aytdi. U so‘zlari so‘nggida Turkiya bayrog‘i tushirilgan qog‘ozni yirtib tashladi.
“Boshqa tomondan, bizni Turkiya bilan alohida munosabatlarimiz bor, ya’ni u (biz bilan) istaganini qiladi. Migrantlar oqimi mamlakatimizga kirib bormoqda. Mana turk bayrog‘i. Uni nima qilish kerak? Yirtib tashlang va uloqtiring! Biz bunga chek qo‘yishimiz kerak ”dedi Lagos Turkiya qog‘oz bayrog‘ini namoyishkorona yirtib.
Turkiya Bosh prokuraturasi Ioannis Lagosga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Prokuratura xabariga ko‘ra, Lagosga nisbatan Turkiya Jinoyat kodeksining 300-moddasi (davlat hokimiyati ramzlarini suiste’mol qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. .
Ma’lumki, Turkiya qo‘shnisi Suriyada 10 yildan buyon davom etib kelayotgan urushda eng katta yordam qo‘lini cho‘zgan yagona mamlakat bo‘ldi. Rasmiy Anqaraga ko‘ra, bugun Turkiya tuproqlarida 5 mlnga yaqin suriyaliklar istiqomat qilmoqda. Ular uchun Erdo‘g‘an boshchiligida qochoqlar lagerlari tashkil etilib, turar-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Tibbiy xizmat va ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi. Suriyaliklar joylashgan hududlarda ishlash imkoni yaratildi. Bular uchun mamlakat byudjetidan 50 mlrd dollarga yaqin pul sarflandi.
Erdo‘g‘an o‘z chiqishlarida doimiy ravishda Yevropa mamlakatlarini urush hududlarini tashlab ketgan begunoh qochoqlarni mamlakatga kiritmaganlikda ayblab keladi.
LiveBarchasi