Denovdagi savdo majmualarining birida yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 fevral kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanida joylashgan savdo majmuasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa shu kuni soat 05:37 da boshlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, savdo majmuasi tumanning  “Bahoriston” mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 79-uyda joylashgan bo‘lib, YATT “Allayev Xaydarxon To‘xtayevich”ga tegishli bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 18 ta savdo obyektlari, umumiy maydoni 630 m.kv qismi yong‘indan zararlangan.

Ta’kidlanishicha, voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida binoning 1680 m.kv qismi yong‘indan saqlab qolingan.

“Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing