Denovdagi kurash maydonida polvon pichoqlab o‘ldirildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 9 may kuni Surxondaryo viloyatidagi Denov tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan kurash musobaqasi davomida kurashchi polvon pichoqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni tasdiqladi. 

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilinishicha, mazkur kollejda polvonning o‘g‘li raqibini yiqitgan va oqibatda janjal ko‘tarilgan. Shundan so‘ng, yiqilgan bolaning akasi polvonni pichoqlagan. Shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan, polvon olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Kecha, 10 may kuni uning dafn marosimi o‘tkazilgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, holat joriy yilning 9 may kuni 14:30 larda sodir bo‘lgan. J.D. ukasi J.B. ning kurashda X.A. dan mag‘lubiyatga uchraganidan jaxli chiqib, X.A. ning otasi Ch.N. ning orqa tomonidan borgan va oshxona pichog‘i bilan uning biqiniga 4 marotaba sanchgan. Oqibatda Ch.N. Denov tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan J.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Holat yuzasidan tuman prkokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yigit rashk tufayli o‘zi bilan unashtirilgan, 11 sinfda tahsil oladigan sevgilisini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pichoq Denov polvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing