Denovda Nexia traktor ostiga kirib ketdi. Qurbon va jarohatlanganlar bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryoda Nexia traktorning tirkamasiga borib urilib, uning tagiga kirib ketdi. Oqibatda mashina salonida bo‘lgan haydovchining otasi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 23:45 larda Denov tumani Qiziljar mahallasidan o‘tuvchi 4K-587 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Nexia oldinda harakatlanib ketayotgan  haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 21 yoshli yigit boshqaruvidagi traktorning tirkamasiga borib urilgan va uning ostiga kirib ketgan.

YTH oqibatida Nexia mashinasining old o‘rindig‘ida bo‘lgan haydovchining otasi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bundan tashqari, orqa o‘rindiqda bo‘lgan ikki yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing