Denovda IIO xodimini uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida IIB YHXB xodimini turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

“Denovda xizmat vazifasini bajarayotgan IIB YHXB xodimini turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi BP rasmiysi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 iyun kuni M41 xalqaro avtomobil yo‘lining Denov tumani Lochin mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida YHXB xodimi safdor Sh.J. Jalmatov Sobalt rusumli, tezlikni aniqlovchi moslama bilan jihozlangan avtomashinada xizmat olib borayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda tumanda yashovchi fuqaro A.X. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashina bilan yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagidan harakatlanib kelib, safdor Sh.J. Jalmatovni har xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, uning yaqin qarindoshlari nomiga tuhmat qilib, holatni o‘zining mobil telefoni orqali tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing