Denovda bir yilda 15 marta qoida buzgan haydovchi 17 yashar o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida haydovchilik guvohnomasini olganiga bir yil ham to‘lmagan shaxs Damas avtomobilida 17 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 10 iyun kuni tumanning Sebzor mahallasi hududida ro‘y bergan. YTH oqibatida jabrlanuvchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro olgan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, qoidabuzar haydovchi haydovchilik guvohnomasini olganiga br yil to‘lmagan bo‘lsada, mazkur hodisaga qadar 15 marta qoidabuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan. Bir marta ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabini bajarmagan, yana bir marta transportlar oqimiga qarama-qarshi harakatlangan.

Endilikda tumandagi Sebzor mahallasining voqea ro‘y bergan qismiga radar o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryo viloyatida 2021 yil boshidan beri 128 ta YTHda 98 fuqaro jarohatlangan, 52 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Denov

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing