Denovda 150 ming dollarga narkotik sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxandaryo viloyatining Denov tumanida 150 ming AQSH dollari evaziga 8 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1969 yilda tug‘ilgan shaxs 8 kg giyohvandlik vositasini 150 ming AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan. Surishtiruv jarayonida u ushbu giyohvandlik vositasini 1971 yilda tug‘ilgan tanishidan olgani aniqlanib, tezkori tadbir davomida mazkur shaxs ham ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik vositalarining asl manbai bo‘lgan yana bir 1971 yilda tug‘ilgan shaxs ham protsessual tartibda qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq giyohvandlik vositalarini qo‘shni davlatdan Toshkent shahri orqali Rossiya Federatsiyasiga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lgan jinoiy uyushma a’zolari ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Denov giyohvandlik vositalari narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing