“Dengizchi Papay“ hamda “Tom va Jerri“ multserialining rejissyori vafot etdi

Olam

image

“Tom va Jerri“ rejissyorlaridan biri Jin Deych 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni “Hollywood Reporter” nashri xabar berdi.

Animatorning vafoti haqida uning hamkasbi Piter Ximmel xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Deych 16 apreldan 17 aprelga o‘tar kechasi Pragadagi uyida vafot etgan. O‘lim sababi aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Jin Deych “Tom va Jerri“ multserialining 13 qismiga rejissyorlik qilgan. Shuningdek, “Dengizchi Papay“ multseriali ustida ham ish olib borgan. Bundan tashqari, u “Monro“ va “Nudnik“ animatsion filmlarini, hamda “Tom Terrifik“ animatsion seriyalini yaratgan. 1960 yilda chiqarilgan “Monro“ multfilmi Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Tom va Jerri

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar