Demokratlar Kamola Harrisni Bayden o‘rniga tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda – CNN
Olam
−
20 iyul
9030AQSH Demokratik partiyasining tobora ko‘proq vakillari vitse-prezident Kamola Harrisni bo‘lajak saylovlarda prezident Jo Baydenga yagona muqobil sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari o‘rniga aynan qanday nomzod saylanishi hozircha aniq emas, biroq ko‘pchilik demokratlarning aytishicha, har qanday tanlov jarayonida Harris nomzod bo‘lish ehtimoli har qachongidan ham yuqori. Shu bilan birga, prezidentlik saylovlarida Bayden o‘rniga Harrisga alternativa yo‘qligi haqidagi kelishuv vitse-prezident demokratlarni o‘z atrofida birlashtira olgani bilan emas, balki umuman vaziyatdan charchaganligi bilan bog‘liq.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, demokratlar Harris saylov kampaniyasini boshqa da’vogarlarga qaraganda tezroq boshlay olishiga ishonish mumkin. Bundan tashqari, AQSHning 59 yoshli vitse-prezidenti Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga nisbatan “faolroq va baquvvatroq” ko‘rinishi haqida fikr ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, ko‘pchilik Harrisning Demokratik lagerdagi inqiroz davridagi xatti-harakatlarini yuqori baholagan. Vitse-prezident hech qachon, hatto shaxsiy suhbatlarda ham Bayden o‘rniga o‘z nomzodini ilgari surishga urinib ko‘rmagan va bu vaqt davomida u doimiy ravishda Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbarini qo‘llab-quvvatlashini va unga sadoqatini bildirgan.
Kecha, 19 iyul kuni “Axios”ning xabar berishicha, Bayden Kongress rahbarlari, Demokratik partiya a’zolari va do‘stlarining bosimi ortib borayotgani sababli 20-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan poygadan chiqishini e’lon qilishi mumkin. “The Wall Street Journal” esa Xarris, agar u poygadan chiqsa, Baydenning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilayotganini xabar qildi.
LiveBarchasi