Dembele PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi – OAV 

Sport

image

Fransiya terma jamoasi futbolchi Usmon Dembele kutilayotgan yuqori maosh talablari sabab “Pari Sen-Jermen” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, PSJ Dembelega yiliga 30 million yevro maosh taklif qilgan. Biroq, futbolchining atrofidagilar bu summadan deyarli ikki baravar ko‘p maosh talab qilmoqda. Ta’kidlanishicha, tomonlar hozircha kelishuvga erisha olmagan. Hujumchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar rejalashtirilgan edi.

28 yoshli Dembele 2023 yil yozidan buyon PSJ safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 111 ta o‘yinda maydonga tushib, 47 ta gol muallifiga aylangan.

Futbolchi PSJ bilan birgalikda 2 marta Fransiya chempionligi, 2 marta Fransiya kubogi, 2 marta Fransiya Superkubogi, 1 martadan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, 2025 yilda Dembele faoliyatida ilk bor “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u FIFA tomonidan 2024-2025 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Usmon Dembele shartnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing