Dembele MYUga qarshi o‘yinda maydonga qaytadi
Sport
−
04 aprel 2019
3641Fransiya terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Usmon Dembele jarohatidan qutilib, umumiy guruh shug‘ullanishni boshladi.
21 yoshli xavbek faqat 4 aprel kungi mashg‘ulotlarda qatnashgan. Shunday qaramay, futbolchi mashg‘ulotni individual dastur asosida yakunladi.
Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Dembeleni “Atletiko”ga qarshi bahsda maydonga tushirmasligi mumkin. Mutaxassis fransiyalik futbolchining “Manchester Yunayted”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final bahsiga to‘liq tayyor bo‘lishini xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dembele “Lion”ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida (5:1) jarohat olgan edi.
LiveBarchasi