Delsi Rodriges AQSHdan sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi

Olam

image

Venesuelaning muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges AQSH hukumatidan mamlakati iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan sanksiyalarni butunlay olib tashlashni so‘radi. Rodriges bu haqda kecha, 14 aprel kuni Venesuela parlamentidagi chiqishida aytdi.

Muvaqqat prezident AQSH bilan keskinliklari yumshab borishi fonida AQSH hukumatidan Venesuelaning sanksiyalardan holi, erkin davlat bo‘lishi uchun mamlakatga kiritilgan barcha cheklov va sanksiyalarni olib tashlash zarurligini bildirgan.

Uning ushbu bayonoti AQSH Moliya vazirligi Venesuelaning ayrim banklari va jismoniy shaxslari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun yangi litsenziyalar berishini e’lon qilganidan so‘ng yangragan. AQSH tomoni joriy etgan litsenziyaga ko‘ra, Venesuelaga tijorat bilan bog‘liq muzokaralarni rivojlantirishda yordam berish uchun ba’zi sanksiyalarni bekor qilish ko‘zda tutilgan.

Rodriges AQSH Prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, agar u Venesueladan sanksiyalarni olib tashlasa, bu mamlakatga boshqa davlatlardan kirib keladigan investitsiyalar oqimini ochib berishini ta’kidlagan.

“Biz mamlakatimizga kelayotgan investorlarga institutsional huquqiy xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida sanksiyalardan xoli Venesuela sari qadam tashlashimiz zarurligini yana bir bor ta’kidlaymiz. Agar biz mamlakatimizga kiritilgan barcha sanksiyalardan halos bo‘lsak bu orqali investorlar uchun barqaror va kafolatlangan muhit yaratib beramiz”, deydi Rodriges.

Shuningdek, u 14 aprel kuni AQSH energetika vaziri o‘rinbosari Kayl Xaustveyt bilan uchrashgan va AQSHdagi energetika mutaxassislaridan Venesueladagi potensial loyihalarni takomillashtirishda yordam so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyi boshida Donald Tramp Vashington Venesuelaning hozirgi hukumatini rasman tan olganini ma’lum qilgan edi. 30 mart kuni esa AQSH Davlat departamenti 2019 yilda yopilgan Karakasdagi Amerika elchixonasi yetti yildan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tiklashini e’lon qildi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh sanktsiyalar Del'si Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing