Dekabrning birinchi o‘n kunligida kuchli magnit bo‘ronlari bo‘ladi
Bu qiziq
−
04 dekabr 2023
4462Joriy yilning dekabr oyida bir qancha magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda "Utro Rodini" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu oydagi eng kuchli bo‘ron 5 dekabr kuni sodir bo‘ladi. Uning kuchi 5 ballga yetishi kutilmoqda. Fazodagi ushbu keskin vaziyat 7 dekabrgacha davom etadi.
Shuningdek, 12 va 13 dekabr kunlari ham geomagnit bo‘ronlari faollashishi mumkin. Uning ta’siri dastlabki kunlardan biroz pastroq – 3-4 ballni tashkil etadi.
Keyingi xavfli bo‘ronlar 19 va 22 dekabrda sodir bo‘ladi. Ularning kuchi ham 5 ballgacha yetadi. Shuningdek, ma’lum doiradagi odamlar magnit bo‘ronidan yana ikki kun, 23 va 24 dekabrda ham aziyat chekadi. Bunda uning ta’siri 4 ballgacha seziladi.
Mutaxassislarning fikricha, dekabr oyining oxiri, ayniqsa, ob-havoga sezgir odamlar uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, surunkali kasalliklari yoki yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar oldindan tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Magnit bo‘roni sabab ta’sirchan toifadagilar uyqusizlik, bosh og‘rig‘i yoki migrendan azob chekishi mumkin. Bunda ko‘p suv ichish, toza havoda sayr qilish, yetarlicha uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
LiveBarchasi