De Xeaga Saudiyaning ikki klubi qiziqyapti

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq darvozaboni David De Xea Saudiya Arabistonining ikkita klubidan taklif oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mashhur darvozabon David de Xea faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi uchun ikkita variant bor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Biroq potensial ish beruvchilarning nomlari oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushdi. U mavsum yakunida “qizil iblislar”ni erkin agent sifatida tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq De Xeaga Germaniyaning “Bavariya” klubi katta qiziqish bildirayotgani biroq ispaniyalik posbon bu taklifni qabul qilish haqida o‘ylamayotgani aytilgan edi. 

Gap shundaki, jamoaning amaldagi darvozaboni Manuel Noyer jarohati sabab vaqtincha safdan chiqqan va sog‘aygach katta ehtimol bilan o‘z o‘rnini qayta egallaydi. Bu vaziyatda esa De Xea ikkinchi darajali posbon roliga tushib qoladi. Plettenberg o‘z manbalariga tayanib, ma’lum qilishicha, ispaniyalik bu holatda hech qanday taklifni qabul qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted David de Xea Saudiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made