De Xea Qatar mundialida o‘ynamaydi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi JCH-2022da ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 55 nafar futbolchining dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea ro‘yxatdan o‘rin olmadi. 

Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining final bosqichi uchun yakuniy qaydnomaga 26 nafar futbolchi kiritiladi.

Unai Simon ("Atletik"), Robert Sanches ("Brayton"), David Rayya ("Brentford"), Kepa Arrizabalaga ("Chelsi") va David Soria ("Xetafe") Jahon chempionatida Ispaniya darvozasini qo‘riqlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, De Xea Ispaniya terma jamoasida 2014 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. Shundan buyon 31 yoshli darvozabon 45 ta o‘yinda qatnashgan va 21 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing