Dehlida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 15 ta bino qulab tushdi
Olam
−
09 iyul 2023
3403Hindiston poytaxti Dehlida so‘nggi 20 yildagi eng kuchli yomg‘ir oqibatida 15 ta bino qulab tushib, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Kecha, 8 iyul kuni shaharda sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ingarchilikdan keyin 15 ta uy qulab, bir kishi halok bo‘ldi”, deydi shahar yong‘in xavfsizligi xizmati vakili.
Shuningdek, Dehlining eng muhim biznes va tijorat hududlaridan biri bo‘lgan Konnat-Pleys suv ostida qolishi sababli poytaxt aholisi muammolarga duch kelgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir necha soatlik yomg‘ir shunday holatga olib kelgan.
Butun mamlakat bo‘ylab shu hafta ichida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir allaqachon odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan. Birgina Bixar shtatida chaqmoq urishi va kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi