Davletov Adliya vaziri lavozimidan ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Davletov 1980 yil 1 iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, huquqshunos, iqtisodchi.

U 2001 yil Buyuk Britaniyaning Varvik universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura), 2007 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2010 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.|

Ruslanbek Davkletov mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinroq mazkur qo‘mitada bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 

U 2017 yil 14 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlab kelardi. Davletov 2018 yil 2 iyundan O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi prezidenti vazifasini ham bajarmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

416

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing