“Davlatni oilaviy biznesga aylantiryapti”. Zimbabveliklar Prezidentini aybladi 

Olam

image

Zimbabve Prezidenti Emmerson Mnangagva o‘z o‘g‘lini mamlakat moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlaganidan so‘ng norozilik kuchaydi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Mnangagvaning 34 yoshli o‘g‘li Devid, keng tarqalgan noroziliklarga qaramay, Vazirlar Mahkamasining yangi a’zosi sifatida qasamyod qilgan 26 amaldorlardan biri bo‘lgan. Nomzodlar ro‘yxati avvalroq e’lon qilingan.

Mnangagvaning o‘g‘li moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan, uning jiyani Tongay esa mamlakat turizm vaziri o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.
Ayrim fuqarolar Mnangagvani mamlakatni “oilaviy biznes”ga aylantirayotganlikda ayblamoqda.

“Zimbabve asta-sekin oilaviy biznesga aylanib ketyapti. Mnangagwa Pvt (Ltd)”, deb yozgan mamlakatning g‘azablangan aholisidan biri X ijtimoiy tarmog‘ida.
Zimbabve Prezidenti Emmerson Mnangagva shu yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng ikkinchi muddatga qayta saylandi va xalqaro kuzatuvchilar bu saylov demokratik standartlarga javob bermasligiga ishora qilgan.

Zimbabve ko‘plab iqtisodiy muammolarga, jumladan, yuqori inflyatsiya va turmush darajasining pasayishi bilan bog‘liq inqirozlarga duch kelyapti. Iyun oyida mahalliy valyuta AQSH dollariga nisbatan qiymatining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi va mamlakat milliardlab dollar qarzga botgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Emmerson Mnangagva Zimbabve Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing